Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

22-Jan-2023 1625

Korrupsiya – bu moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayri qonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeyidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisa. Mazkur hodisa demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa harakatlarning ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratadi.
         2017 yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kiritilgani korrupsiyaga barham berish uchun tegishli huquqiy asoslarni yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta’minlanishi uchun boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari korrupsiyaga oid davlat huquqiy siyosati yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb eʼlon qilinishi “Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu, yagona toʻgʻri yoʻli ekanligi, Ushbu sohada boshlagan islohotlarini davom ettirish, taʼlim dargohlarida oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishi kerakligi ta’kidlab o‘tganligi bejiz emas. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish  tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5729-sonli Farmoniga muvofiq “Korrupsiyasiz soha” loyihasi qabul qilingan. Ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi boshqa vazirlik va davlat idoralari qatorida birinchilardan bo‘lib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tanlab olingan edi.

         Shu maqsadlarda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining barcha kafedralari professor-o‘qituvchilari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida qator tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda institut jamoasi bir bo‘lib korrupsiyaga qarshi kurashish lozimligi, korrupsion hatti-harakatlarni oldini olish, korrupsiya holatlarini yuzaga kelishigi sabab bo‘layotgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

        Shu o‘rinda professor-o‘qituvchilardan talabalarning oraliq nazorat va yakuniy imtihonlarda ochiqlik va shaffofligini ta’minlash, baholashda adolatlilik tamoyillariga amal qilish lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

 

 Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi 

 

 

 

1