Sportchi talabalarimiz Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

28-Jan-2023 1645

Samarqand shahridagi Oliy o’quv yurtlari o’rtasida "Universiada-2022" sport musobaqalari dasturiga kiritilgan, sportning shaxmat-shashka turlaridan 2-bosqich saralash musobaqalari o’tkazildi. 

Musobaqada O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalari: Burhonova Sohiba – 2-o’rinni (shashka), Umirov Uchqun – 1-o’rinni (shaxmat) qo’lga kiritdi va Respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Ushbu sportchilarimizga keyingi sport musobaqalarida omad tilaymiz!

 

Axborot xizmati

1