Talabalar-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda institutimizning barcha fakultetlaridan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nizom talablari asosida talabalar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1-shart. “Adib hayoti”
2-shart. “Tezkor savol-javob”
3-shart. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra Pedagogika fakulteti jamoasi go‘liblikni qo‘lga kiritdi va Samarqand viloyati hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz