O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov oliy ta’lim muassasasida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonlarini shaffof va adolatli o‘tkazilayotganini tekshirish maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilayotgan maxsus o‘quv xonalariga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida talabalar bilan suhbat o‘tkazildi va imtihonlar qay darajada shaffof va adolatli o’tkazilayotgani so‘raldi. Natijada, talabalar tomonidan YaN imtihonlari haqiqatan ham mavjud talablarga asosan o‘tkazilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz