OIV virusidan himoyalanish bo‘yicha Samarqand shahar OITSga qarshi kurashish markazi, Samarqand shahar 5-son IIB va O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti hamkorligida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shoiri ostida “OIV, OITS: sabablari, yuqish yo‘llari, belgilari, davolash va oldini olish usullari” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Samarqand shahar OITSga qarshi kurashish markazi shifokori O‘.Nurullayev, 5-son IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimi kapitan E.Ziyodullayev, hududiy uchastka noziri leytenant I.Jamolov, institut profilaktika inspektori X.Muxammadiyeva hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Soha mutaxasislari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, shifokor O'. Nurullayev so‘zga chiqib, OIV, OITS: sabablari, yuqish yo‘llari, belgilari, davolash va oldini olish usullari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi va doimiy ravishda virusga qarshi kurashishga chaqirdi.
Bundan tashqari, IIB tezkor xodimi kapitan E.Ziyodullayev talabalarga mazkur holat yuzasidan huquqiy tushinchalar berdi, ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri, giyohvand moddalarini istemol qilish, tarqatish yoki vositachilik bilan shug‘ullanishning qonuniy jazolari haqida aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va kerakli javoblarni olishdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz