Kitob - beminnat do‘st

04-Feb-2023 2119

Inson faqatgina to‘g‘ri va samarali yashashning sir-asrorlarini kitob orqali anglaydi. Kitob qalb ko‘zining ochuvchisi, muhabbatning yaratuvchisi.

Xuddi mana shunday xislatlarga ega bo‘lgan talaba-yoshlarni shakllantirish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida institutning Maktabgacha ta’lim fakulteti mas’ullari tashabbusi bilan “Kitob - beminnat do‘st” shiori ostida kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada, fakultet talabalari tomonidan kitobning qadri, unga bo‘lgan mubabbat va u orqali olamni tanishning o‘ziga xosliklari haqida fikr-mulohazalar aytib o‘tildi.

 

Axborot xizmati

1