Malakaviy amaliyot jarayonlariga start berildi

06-Feb-2023 1989

Maktabgacha ta‘lim fakulteti 1-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyot jarayonlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori K.Kuliyev, fakultet dekani S.Zohidova , kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Talabalarga malakaviy amaliyotni tashkil etish tartibi va nizomi, pedagogik-psixologik asoslari, metodik asoslari tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, amaliyot jarayonlariga malakali pedagog-psixolog va metodist professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.

 

Axborot xizmati

1