Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlandi

07-Feb-2023 2114

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faollar zalida Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar tomonidan Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini tarannum etuvchi she’rlar, g‘azallar va badiiy ijodidan namunalar aytildi.

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf.

Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afgʻoniston hududidagi Hirot shahrining Bogʻi Davlatxona mavzesida tugʻildi.

Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qoʻllagan.

Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga boʻlish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi sheʼriy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yoʻnalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan.

Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda qalam tebratgan.

 

Axborot xizmati

 

 

 

1