9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” shiori ostida tanlov E'LON qilinadi.

09-Dec-2021 2342

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovi;
“Yoshlar Vatan xizmatida, rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori”  mavzusidagi:
-  “Ijtimoiy tarmoqlardagi eng yaxshi material (videorolik)” 
-  “Eng yaxshi chizma rasm” 
-  “Eng yaxshi plakat”  nominatsiyalar.

Tanlovda barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov shartlari va baholash mezonlari:

Insho – tanlovda taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi:
- mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
- ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g’ri yozilganligi;
-mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvi;
- mustaqil fikrlashning aniq bildirilganligi;
-mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
- har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi. Umumiy - 50 ball.
Videoroliklar tayyorlash: 
- davomiyligi 2 daqiqadan 3 daqiqagacha;
- formati MPEG-4  ;
- razresheniya 720p (1280x720) yoki 480p (854x480) hajmi 40 megabaytdan oshmasligi  kerak.
Rasm chizish:
- A2 o’lcham yuza ( qog’ozga) bo’yoq (akvarel,  tempera, guash, ) qalam,va h.k.ishlanishi, rangtasvir yoki grafika ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
Plakat – Tanlovda taqdim etiladigan plakatlar hajmi A2 o‘lcham (format)dan kichik bo‘lmasligi kerak.

Yuqorida ko'rsatilgan  talablarga javob bermaydigan ishlar qabul qilinmaydi!

G‘oliblar 9-dekabrda tashkil etiladigan tadbirda  tantanali ravishda taqdirlanadilar.
Tanlovda o‘rinlarni egallagan talabalarga Institut tamonidan diplom va sovg‘alar taqdim etiladi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar o‘z ijodiy ishlarini 4-dekabrgacha 3-son TTJ (Talabalar turar joyi) , 203-xona Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga topshirishlari lozim.

1