Zahiriddin Muhammad Bobur – shoh, shoir, Boburiylar sulolasi asoschisi

14-Feb-2023 1336

Bugun institut faollar zalida “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti” hamda “Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti” hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur – shoh, shoir, Boburiylar sulolasi asoschisi” mavzusida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbir, buyuk sarkarda va shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qiziqarli ma’lumotlarga, she’r-u g‘azallarga hamda ko‘rgazmali sahna ko‘rinishlariga boy tarzda o‘tdi.

 

Axborot xizmati

1