“O‘zbekiston madaniyati, tarixi davlat muzeyi”da Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Boburiylar davri miniatyura san’ati” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib otdi.
Ko‘rgazma ochilishida viloyat hokimligi vakillari, mashhur rassomlar, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda keng jamoat vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti Hamza Jo‘rayev so‘zga chiqdi va ko‘rgazma ishtirokchilarini Bobur tavalludi va ko‘rgazma ochilishi bilan samimiy qutladi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz