Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

15-Feb-2023 1367

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika  instituti kutubxona zalida “14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi” munosabati bilan San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, pedagog tarbiyachilar va 1-2-3-son TTJ da istiqomad qiluvchi talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.  Tadbirda so‘z olganlar, Boburning qisqa ammo mazmunli hayoti va ijodi, she’riyat olamidagi beqiyos asarlari va uning mardonavor sarkardalik faoliyati haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali sahna ko‘rinishlari va ruboiylari kelganlarga xush kayfiyat ulashdi.

 

Axborot xizmati

1