Kuni kecha O‘zbeksiton–Finlandiya padagogika institutida “Kafedra kuni” munosabati bilan Maktabgaacha ta’lim fakulteti tashkil etgan “Ikki mumtoz ijodkor” (Zahiriddin Muhammmad Bobur va Alisher Navoiy) mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari, guruh tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.
Ikki mumtoz ijodkor mavzusidagi suhbatda ma’ruza qilgan kafedras o‘qituvchilari yig‘ilgan talabalarga Z.M.Bobur va A.Navoiyning hayot va ijod yo‘li haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz