Joriy yilning 3-mart kuni, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “8-mart – Xalqaro-xotin qizlar bayrami” munosabati bilan institut talaba qizlari o‘rtasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” konkursi o‘tkaziladi.
Bugundan, ya’ni, 16-fevraldan boshlab esa tanlovning fakultetlar bosqichiga start berildi va har bir fakultetda g‘olib bo‘lgan bir nafar ishtirokchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:
1-shart: Ishtirokchining badiiy bezakli tanishtiruvi
Vaqt reglamenti – 4-5 daqiqa
2-shart: Kitobxonlik
Bunda: Аbdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar”, Cho‘lpon – “Kecha va kunduz”, Pirimqul Qodirov – “Yulduzli tunlar”, Oybek – “Аlisher Navoiy”, Tohir Malik – “Odamiylik mulki”, Said Аhmad – “Qorako‘z Majnun”, O‘tkir Hoshimov – “Dunyoning ishlari”, Shukrullo Yusupov – “Kafansiz ko‘milganlar”, Tog‘ay Murod – “Otamdan qolgan dalalar”, Xudoyberdi To‘xtaboev – “Jannati odamlar”, Shuhrat (Gʼulom Аlimov) – “Oltin zanglamas” kabi asarlardan biriga sharh
Vaqt reglamenti – 5-6 daqiqa
3-shart: Blits savollar
(Savol soni – 10 ta, tezkor javob talab etiladi).
4-shart: Oiladagi muammoli vaziyatlarga yechim topish
(Biletda ko‘rsatilgan vaziyatga javob)
5-shart: “Аlla aytay dilbandimga” sharti bo‘yicha
Vaqt reglamenti – 4-5 daqiqa
6.Erkin mavzu
(bu shartda talaba she’r,qo‘shiq yoki raqs ijro etishi mumkin)
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz