“UNICON-SOFT” MChJ Samarqand viloyati hududiy bo‘limi tomonidan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida ijro intizomini mustahkamlashda “Ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda, “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi”ni (edo.ijro.uz) joriy etish bosqichlari, yaʼni, ijro intizomiga masʼul xodimlarning IT savodxonligini oshirish, tizim foydalanuvchilarini “kabinet” tizimiga kiritish, ularga tegishli rollarni berish, devonxona sozlamalarini amalga oshirish, kiruvchi va chiquvchi hujjatlar bilan ishlash tartibi mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib o‘tildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz