Biz yoshlar, korrupsiya va giyohvandlikka qarshimiz!

23-Feb-2023 1366

Bugun O’zbekiston-Finlyandiya Pedagogikka institutining faollar zalida Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti hamda Maktabgacha ta‘lim fakulteti talabalari uchun “Biz yoshlar, giyohvandlik va korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi, XQMB inspektori hamda institut psoxologi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Samarqand viloyati IIB jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i podpolkonvik J.Samandarov, IIB Patrul-post xizmati batalyoni komandiri o‘rinbosari mayor Sh.Allamov hamda institutning profesor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda giyohvandlik va korrupsiya illatlarining jamiyat uchun, insoniyat uchun salbiy, zararli oqibatlari to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushunchalar berildi. Davra suhbati jarayonida yig‘ilganlar e‘tboriga  mavzularga oid videoroliklar namoyish etildi.

 

Axborot xizmati

1