Bahor keldi seni so‘roqlab

03-Mar-2023 1421

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutining faollar zalida, Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan tayyorlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusidagi milliy qadriyat va urf odatlarga yo‘g‘irilgan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, bahor faslining kirib kelishi, o‘zbek adabiyotining mumtoz shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” hamda milliy liboslar ko‘rgazmasi uyg‘unlashgan sahna ko‘rinishlar taqdim etildi.

Milliy liboslar, milliy urf-odatlar, an’analar xususan, kelin salom, ona allasi va maktabgacha yoshdagi bolajonlarning chiqishlari yig‘ilgan tomoshabinlarga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

Axborot xizmati

1