8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Akbar Safarovning BAYRAM TABRIGI!

08-Mar-2023 1998

Bahor – yangilanish va yosharish fasli. Tabiatning fusnkorligi, osmonning musaffoligi, qushlarning sayrog‘i – dillarni quvonchga to‘ldiradigan fasl.

Bahorning ilk bayrami, qolaversa, uzoq yillardan buyon an’anaga aylanib, nishonlanib kelinayotgan 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” yurtimizdagi barcha onalarga, muhtarama opa-singillarga va o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan ustoz va murabbiylarga muborak bo‘lsin!

Aziz opa-singillar! Mashaqqatli kasbingizga, ustoz deb atalmish ulug‘ nomingizga ko‘z tegmasin. Oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik, kasbiy rivoj va shijoat sizlarni also tark etmasin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

 

1