Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini o‘tkazilishini e’lon qilamiz

01-Mar-2023 2354

Talabalarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun quyidagi me’zonlarni bajarish belgilanadi:

  • Ilmiy salohiyat
  • Fanlarni o‘zlashtirish
  • IELTS, TOEFL, Milliy sertifikat va shunga tenglashtirilgan boshqa til sertifikatlar (balli)
  • Yoshlar ittifoqi va ma’naviyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda qatnashganligi

“Rektor stipendiyasi” ga nomzodlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni topshiradilar:

  • Pasport nusxasi, Shaxsiy ma’lumotlar (obyektivka), sinov daftarchasidan ko‘chirma;
  • Dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
  • Ilmiy maqolalar, tezislar nomi, ro‘yxati va ularning nusxalari;
  • Tadbirlar, tanlovlar, musobaqalarda faol ishtiroki uchun diplom va sertifikatlar nusxasi;
  • Chet tili sertifikati;

Tanlovda barcha, bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin. To‘plangan hujjatlar bir nusxada, 2023-yil 15-martga qadar “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotini tashkil etish” bo‘limida qabul qilinadi. 

Kechikkan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Murojaat uchun: @UzfiHandMade 

1