Rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

11-Mar-2023 1671

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov Pedagogika fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, fakultetning birinchi va ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Talabalar tomonidan berilgan takliflar, savollar va murojaatlarning ayrimlari joyida o‘zining ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, ayrimlari esa tegishli mutasaddilarga tez fursatda masalani yechish uchun vazifa sifatida taqdim etildi.

Institut taraqqiyoti va sifatli ta’lim olish uchun o‘zlarining beqiyos hissasini qo‘shish uchun yig‘ilgan talabalarga rektor tomonidan minnatdorchilik izhor etildi.

 

Axborot xizmati

1