O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov magistrantlar bilan uchrashdi.
Erkin, norasmiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda magistrantlarga amalga oshirishlari lozim bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ularning ta’lim jarayoniga oid fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
Xorijning zamonaviy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rgangan holda magistratura ta’limini yanada rivojlantirish lozimligi ta’kidlandi. Ayni paytda ta’lim tizimida salohiyatli kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanini inobatga olib, magistratura talabalari zamon talablari asosida chet tillarini mukammal o‘rganishlari va mustaqil izlanishga katta e’tibor qaratishlari zarurligi qayd etildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz