O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining “Talaba-yoshlar klubi” bilan ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi “Talaba-yoshlar klubi” a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda klubga a’zolikka qabul qilingan institut talabalari ishtirok etishdi.
Dastlab “Talaba-yoshlar klubi” a’zolarining orasidan yetakchilar hamda sektor rahbarlari saylab olindi. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga klubining Nizomi tanishtirib o‘tildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha klubning kelgusidagi ishlar va amaliy tadbirlari belgilab olindi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz