Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!

17-Mar-2023 1988

Navroʻz - xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanib, chin maʼnodagi bahor ayyomidir. Ushbu bayramda dasturxonlar noz-neʼmatlarga, milliy taomlarga toʻlib toshadi. Yurtimizda, Navroʻz bayrami saxovatli, mehr-muruvvatga boy, mehnatsevar xalqimiz orasida oʻzining takrorlanmas anʼanalari bilan ham ajralib turadi.

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida ham “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida bayram sayli bo‘lib o‘tdi.

Navro‘z saylini institut rektori A.Safarov o‘z so‘z nutqi bilan ochib berib, barchani ushbu bahor bayrami bilan tabrikladi.

Bayram sayli davomida milliy xalq qo‘shiqlari, laparlar, kelin salomlar aytildi, milliy o‘yinlardan - arqon tortish, tosh ko‘tarish, chillak, lanka va boshqa ko‘rgazmali sahna ko‘rinishlari bayram qatnashchilariga va mehmonlarga o‘zgacha xushkayfiyat baxshida etdi.

Talabalar tomonidan yangragan milliy va estrada kuy-qo‘shiqlariga barcha birdek xirom ayladi.

Bayram dasturlari davom etadi…

 

Axborot xizmati

1