“Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki” shiori ostida “Yoshlar va Konstitutsiya” nomli tadbir o‘tkazildi

28-Mar-2023 1710

Bugun, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Konstitutsiya - meniki, sizni va barchamizniki” shiori ostida, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targʻibotiga bagʻishlangan “Yoshlar va Konstitutsiya” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda, institutning 1600 dan ortiq talaba-yoshlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar haqida, shuningdek, referendum oʻtkazish tartibi, unda ishtirok etish boʻyicha huquqiy tushunchalar yig‘ilganlarga taqdim etildi.

Bundan tashqari, ilm-fan, sport va san’at yo‘nalishlarida yuqori cho‘qqilarni zabt etgan yoshlar tomonidan o‘z tengdoshlariga qarata viqor va g‘urur bilan aytgan so‘zlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Yakunda, targ‘ibot tadbiri ishtirokchilari, yangilanayotgan Konstitutsiya xalq farovonligi, yuksalishi va taraqqiyoti uchun asos boʻlib xizmat qilishiga va joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga bir ovozdan o‘z roziligini bildirishdi.

 

Axborot xizmati

 

 

1