Milliy liboslar

08-Apr-2023 1714

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Milliy liboslar – el ko‘rki” mavzusida fakultetlararo talaba qizlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Pedagogika fakulteti va Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti talaba qizlar jamoasi yuqori o‘rinlardan munosib joy egallagan bo‘lsa, Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

 

Axborot xizmati

1