O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va 62-MTT hamkorligi davom etmoqda

13-Apr-2023 1566

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi, Finlandiyadan tashrif buyurgan ta’lim eksperti H.Koli hamda Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Q.Saidovlar Samarqand shahridagi 62-son maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

   Mehmonlar dastavval, MTT tarbiyalanuvhilari bilan muloqot qilib, qiziqarli savol-javoblar uyushtirdi hamda jajji bolajonlarning yod olgan vatan, ona haqidagi she’rlarini tingladi.

   Tashrifning badiiy qismini institut rektori Akbar Safarov o‘z so‘z nutqi bilan ochib berdi va MTT faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda so‘z olganlar ham MTT haqida iliq fikrlar bildirib institut bilan MTT hamkorligini yanada rivoj topishiga ishonch bildirdi.

   MTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan milliy raqs na’munalari kelganlarga xushkayfiyat bag‘ishladi.

   Rektor tomonidan 62-son maktabgacha ta’lim tashkiloti  tarbiyalanuvchilariga turli ertak kitoblar, rasm chizish uchun rangli qog‘ozlar to‘plami hamda boshqa turdagi sovg‘alar taqdim etildi.

 

Axborot xizmati

 

1