“Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida ZAKOVAT intellektual o‘yini o‘tkazildi

14-Apr-2023 1644

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda oliygoh talabalari orasida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bilimlar bellashuvida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin – Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetining “Kultur kaf” jamoasiga

2-o‘rin – Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotinnig “Referendum” jamoasiga

3-o‘rin – Maktabgacha ta’lim fakultetining “Liderlar” jamoasiga nasib etdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Axborot xizmati

1