O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Tojikiston Milliy universiteti hamkorligi davom etmoqda

13-May-2023 1281

Bugun, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Tojikiston Respublikasining Tojikiston Milliy universiteti “Mexanika-matematika fakulteti” dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent Kosimov Ismoil Latipovich hamda “Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti” kafedra mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Davlatzoda Mehrojiddin Xayridinlar tashrif buyurdi.

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov mehmonlarni qabul qildi va ushbu tashrifni har ikkala mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaning amaliy ifodasi sifatida ta’kidladi.

Rektor va Tojikiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda, yangi o‘quv yilidan boshlab kadrlar almashinuvi haqidagi istiqbolli rejalar muhokama etildi.

 

Axborot xizmati

1