O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti assistent o‘qituvchisi Farida Xayitova, Finlandiyalik ta’lim mutaxassisi Hanne Koli va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Maxmud Djumayevlar birgalikda Samarqand shahridagi 59-nurli maskan, ko‘zi ojiz ko‘ruvchi bolalar maxsus maktab-internatiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistondagi maxsus ta’lim tizimi hamda Finlandiya maxsus ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni o‘rganishdan iboratdir.
Maxsus maktabdagi ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tiflo texnik bazaning mavjudligi, ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalarni muassasa hududida mustaqil harakatlanishlari uchun mo‘ljal olish qulayliklarining yaratilganligi mutaxassislar tomonidan o‘rganildi.
Shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun Brayl alifbosida kitoblarni bosmadan chiqaruvchi Brayl printerlarining mavjudligi mehmonlarni hayratlantirdi.
Tashrif so‘ngida, maxsus maktab-internati direktori tomonidan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasiga chuqur minnatdorchilik izhor etildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz