O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rеktori mahalla yoshlari bilan uchrashmoqda

19-May-2023 1333

Xususan, Samarqand shahrida joylashgan “G‘ofur G‘ulom” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan, nogironligi bor yoshlar holidan xabar olindi.

Jumladan, shu mahallada yashovchi S.A. bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda, uning kelgusida oliy ta’lim muassasasida o‘qish istagi borligi aniqlandi. Unga, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ajratilgan kvotalar haqida institut rektori A.Safarov tomonidan ma’lumot berildi. Qolaversa, institutda tashkil etilgan ingliz tili va matematika fan to‘garaklariga qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi aytildi.

Bundan tashqari, mazkur mahallada yashovchi A.A. va R.I. lar bilan ham suhbatlar olib borildi va ularning davolanishi va dori-darmonlari uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

 

Axborot xizmati

1