O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi Samarqand shahridagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Maktabda tahsil oluvchi 9,11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, kelajakda pedagogika sohasida faoliyat olib borish istagida bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash, yangi, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab tashkil etilayotgan institut qoshidagi Akademik litseyga 9-sinf o‘quvchilarini keng jalb etish va 11-sinf bitiruvchilariga O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tahsil olishlari uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratib berish kabi muhim masalalar muhokama etildi.
Tashrif so‘ngida yosh rassomlar tomonidan tashkil etilgan tasviriy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz