Bugun, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov Samarqand shahridagi 59-nurli maskan, ko‘zi ojiz ko‘ruvchi bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institut rektori, mazkur maktab-internatida tahsil oluvchi bolalar bilan uchrashdi va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda inklyuziv ta’lim berish sifati bilan yaqindan tanishdi.
Inklyuziv ta’lim nima?
“Inklyuziv taʼlim” atamasi — fransuzcha “inclusive” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “Oʻz ichiga oladi” deb tarjima qilinadi. “Inklyuziv taʻlim” – davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz