Mahalla yoshlari – oliy ta’lim va kasbiy faoliyatga keng jalb etiladi

22-Jun-2023 1111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qaroriga asosan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Akbar Safarov “Sarbadorlar” mahallasida istiqomat qiluvchi, “Qizil” toifadagi yoshlar holidan xabar oldi. 

Uchrashuvda, mahalla yoshlari va ularning ota-onalari tomonidan yo‘llangan murojaatlar, muammolar va takliflar tinglanib, tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda, barcha muammolarga ijobiy yechim topish alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, institut rektori Akbar Safarov mahalla yoshlarini oliy ta’limga, kasbiy faoliyatga yo‘naltirish kabi bir qator mavzularda tavsiyalar berib, doimiy ravishda ularni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.

 

Axborot xizmati

1