Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Samarqand shahridagi “G‘afur G‘ulom” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mahalla raisi hamrohligida bir nechta xonadonlarga tashrif buyurilib, ulardagi mavjud muammolar oʻrganildi.
Uchrashuv davomida, yoshlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbat olib borilib, ularning kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda doimiy tarzda ularga ko‘maklashishga tayyor ekanliklari yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
Ba’zi muammolar joyida bartaraf etildi, jumladan, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan Abduhabibov Azizjonga institut tomonidan nogironlik aravachasi topshirilgan bo‘lsa, Maxmatqulov Bekzodga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan matematika, fizika, ona tili kabi fanlar chuqur o‘qitilib, OTMga kirishi uchun ko‘maklashish topshirig‘i berildi. Karimov Doniyorni o‘qishini davom ettirishi uchun zarur maslahatlar berilib, Raxatov Ikromni “Obodonlashtirish departamenti”ga ishga kirishiga amaliy ko‘mak beriladigan bo‘ldi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz