O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan viloyat Matbuot uyida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

05-Jul-2023 2744

Bugun, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan viloyat Matbuot uyida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat va Respublika OAV hududiy vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.  

Anjumanda mas’ullar tomonidan, mazkur oliygohda 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan qabul komissiyasi faoliyati, davlat oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, shuningdek, kunduzgi, kechki va sirtqi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura bosqichiga o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan kimlar foydalana olishi haqida to‘liq maʼlumotlar berildi.

Anjumanda, OAV vakillari tomonidan mavzuga doir berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

1