Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori A.Safarov Samarqand shahridagi “Sarbadorlar” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Tashrif buyurganlar, yoshlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbat olib bordi va doimiy tarzda ularga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ba’zi muammolar joyida bartaraf etildi, jumladan, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan Kuzratov Farruxga institut tomonidan nogironlik aravachasi topshirilgan bo‘lsa, Babakulova Maftuna, Quvonov Dilshod, Rushanov Shaxram, Asrorov Dodxobek, Kuzratova Shaxina va Xudoyorov Og‘abeklarga amaliy ko‘mak sifatida oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz