O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yuqori malakali va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

12-Jul-2023 1253

1. Matematika

2. Informatika

3. Fizika va astronomiya

4. Kimyo

5. Biologiya

6. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

7. Tarix

8. Falsafa

9. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

10. Musiqa ta’limi

11. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

12. Boshlang‘ich ta’lim

13. Maktabgacha ta’lim

14. Jismoniy madaniyat

15. Texnologik ta’lim

16. O‘zga tilli guruhlarda rus tili

17. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport

18. O‘zbek tili va adabiyoti

19. Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

20. Psixologiya

21. Pedagogik turkum fanlar

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- institut rektori nomiga ariza;

- xodimlar hisobi bo‘yicha shaxsiy varaqa;

- oliy ma’lumot, ilmiy daraja haqidagi diplomlarning nusxalari;

- ilmiy unvoni haqidagi attestatning nusxasi;

- ilmiy va uslubiy ishlarning ro‘yxati;

- malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar nusxasi (mavjud bo‘lsa).

Hujjatlar gazetada e’lon chop etilgach, bir oy davomida quyidagi manzilda qabul qilinadi: Samarqand shahri Spitamen shohko‘chasi, 166-uy.

 

Axborot xizmati

1