O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti akademik litseyi 2023/2024-o‘quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli va malakali o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

14-Jul-2023 1333

1. Ona tili va adabiyot.

2. O‘zbek (rus) tili.

3. Xorijiy til.

4. Tarix.

5. Matematika.

6. Informatika va axborot texnologiyalari.

7. Fizika va astronomiya

8. Kimyo.

9. Biologiya.

10. Geografiya.

11. Jismoniy tarbiya.

 

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- akademik litsey direktori nomiga ariza;

- pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi);

- oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

- mehnat daftarchasining nusxasi;

- 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;

- milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar nusxasi (mavjud bo‘lsa);

- fayl papka.

 

Hujjatlar 15.07.2023 dan 05.08.2023 gacha (yakshanba kunidan tashqari) quyidagi manzilda qabul qilinadi: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 161-uy.

Murojaat uchun telefonlar: +998 (88) 508-88-89; +998 (94) 881-48-84.

 

Axborot xizmati

1