Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

15-Aug-2023 20421

Bugun, institut rektori, professor Sh.Negmatova, prorektorlar, fakultet dekanlari va barcha bo‘lim boshliqlari ishtirokida 2023-2024-o‘quv yiliga mukammal tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan 20 dan ortiq dolzarb masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, yangi o‘quv yili boshlanishiga oz vaqt qolganligi munosabati bilan, tegishli mas’ullar har bir kundan unumli foydalangan holda, institutdagi mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etishi, talabalar turar joylari va o‘quv auditoriyalarini ta’mirlash ishlarini jadallashtirib, institutni yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirishlari zarurligi ta’kidlandi.

 

Axborot xizmati

1