Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

18-Aug-2023 1575

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Sh.Negmatova va bir guruh rahbariyat vakillari yangi o‘quv yiliga tayyorlanayotgan obyektlarga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida, institut hududida joylashgan TTJ binosi, Spitamen-shoh ko‘chasi 161-uy manzilida joylashgan akademik litsey binosi va shu manzildagi “Tabiiy fanlar” fakulteti binolarining yangi 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari soha mutaxassislari bilan atroflicha o‘rganildi.

Yangi o‘quv yiliga oz vaqt qolganligi munosabati bilan, institut rektori tomonidan soha mutaxassislariga ta’mirlash va yangilash ishlarini jadallashtirish topshirig‘i berildi.

 

Axborot xizmati

1