Institut rektori jamoaga tanishtirildi

21-Aug-2023 5299

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari institut jamoasi bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Shaxzoda Negmatovani rektor etib tayinlanganligini o‘qib eshittirdi. 

Yig‘ilishda, shuningdek, vazir o‘rinbosari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tabrigini yetkazdi. Tadbirda so‘z olganlar ham yangi rahbarga xayrixohlik bildirib, o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

1