O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida quvvati 330 kVt bo‘lgan quyosh panelli stansiya elektr energiya ishlab chiqarmoqda

24-Aug-2023 937

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2022-yilda quvvati 100-kVtli, 2023-yilda esa 230 kVtli, jami 330 kVtli quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi.

Joriy yilda, institutning yillik elektr energiya sarfini hisobga olib, ehtiyojni 100% muqobil energiya hisobidan qoplash maqsadida quvvati 230 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.

2023-yilning II choragidan boshlab, ehtiyojdan ortiq elektr energiyani iqtisod qilish maqsadida quvvati 230 kVt bo‘lgan quyosh panelli stansiya “Yashil energiya” platformasiga kiritilgan va bu bo‘yicha Samarqand viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzilgan.

Hozirgi vaqtda, institutda quvvati 330 kVt bo‘lgan quyosh panelli stansiya to‘liq quvvatda elektr energiya ishlab chiqarmoqda.

 

Axborot xizmati

1