HEMIS axborot tizimida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
23-Jan-2022
5036
SamDU O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ma’naviyat bo‘limi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarni o’quv-uslubiy bo’limi, ta’limda kredit-modul tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi Ziyodulla G‘afforov olib bordi.
Seminar-treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad: talabalar va tyutorlar o‘rtasidagi masofaviy aloqani muntazam nazorat qilish hamda tyutorlarga HEMIS axborot tizimida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.
Tyutorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.