Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” ochiq tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilamiz.
Talabalarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
Ilmiy salohiyat
Fanlarni o‘zlashtirish
IELTS, TOEFL, Milliy sertifikat va shunga tenglashtirilgan boshqa til sertifikatlarga egaligi
Yoshlar ittifoqi va Ma’naviyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirlardagi ishtiroki
“REKTOR STIPENDIYASI” ochiq tanloviga nomzodlarni dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
Passport (ID) nusxasi, obyektivka, sinov daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy maqolalar, tezislar nomi, ro‘yxati va ularning nusxalari.
Tadbirlar, tanlovlar, musobaqalarda faol ishtiroki uchun diplom va sertifikatlar nusxasi.
Chet tili sertifikati.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqichda - hujjatlar qabul qilinadi va saralanadi. Ikkinchi bosqichda - maxsus kamissiya tomonidan nizom asosida baholanadi.
Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Tanlovda bakalavriat bosqichining 2-3-bosqish talabalari ishtirok etishi mumkin. Hujjatlar 2023-yil 16-sentabr kuniga qadar (shu kuni ham) @Nilufar_Tulkinovna va @aktamovich_24 telegram havolasi orqali qabul qilinadi. Kechikkan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz