Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi nishonlandi

26-Sep-2023 55267

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutda xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan isteʼdodli shoir Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi. 

Mazkur tadbirni institut rektori Shaxzoda Negmatova kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shoir ijodining naqadar mahoratli ekani, uning sheʼrlari insonlarni oʻylashga, yakuniy xulosa qilishga undashi bilan ajralib turishini taʼkidladi.

Tadbirda viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sherali Temirov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat boʻlimi raisi Toshpoʻlat Tugalov va institut jamoasi ishtirok etdi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan shoirning sheʼrlari va badiiy chiqishlar tadbirning koʻtarinki kayfiyatda davom etishini taʼminladi.

 

Axborot xizmati

1