O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakultetida 1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

28-Sep-2023 52359

Tadbir ko’tarinki kayfiyatda boshlandi. Institutimiz rektori Shaxzoda Negmatova barcha o’qituvchi va murabbiylarni bayram bilan chin qalbdan muborakbod etib, ularning keyingi ilmiy faoliyatiga omad tiladi.  

Talabalar tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar, she’rxonlik bazmi va kuy-qo’shiqlar bayramning yanada fayzli o’tishiga xizmat qildi. 

Shu o’rinda biz ham Abdulla Oripovning muallim haqidagi quyidagi misralarini keltirishni lozim deb topdik:
Muallim haqida soʼzim ushbudir:
Muallim kamolot ichra koʼzgudir.
Oʼqidim Gerodot, tarixni koʼp bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini oʼqidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan oʼzing, muallim.

 

Axborot xizmati

1