Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, millat ta’lim-tarbiyasining fidoyilari, aziz murabbiylar!
Sizlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi yo‘lida xizmat qilishdan, ziyo ulashishdan hech ham charchamang.
Ustozlar inson umrini ilm-ma’rifat nuri bilan yoritib, hayotda munosib o‘rin topishida eng katta sababchi bo‘ladi. Sizlarning zahmatli mehnatlaringiz samarasi o‘laroq, Vatanimiz taraqqiyoti va rivoji yo‘lida chin yurakdan mehnat qilib kelayotgan minglab iste’dodli kadrlar, ilm-fan arboblari, olimlar, o‘z iqtidori bilan jahon maydonlarini zabt etgan qobiliyatli yoshlar yetishib chiqqan. Ular sabab bugun yurtimiz dovrug‘i dunyo minbarlarida kezmoqda, xalqimiz obro‘si yuksalib bormoqda...
Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor bayram bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilangizga fayzu baraka, faoliyatingiz hamda ijodiy ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Shaxzoda Negmatova,
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti rektori
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz