Ayni vaqtda Finlandiyaning Turku universitetida boʻlib turgan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova boshchiligidagi institut delegatsiyasi aʼzolari Turku universiteti ilmiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Kalle Antti Suominen bilan uchrashdi.
Institutimiz rektori Shaxzoda Negmatova ikki tomonlama hamkorlikni keng miqyosda olib borish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar tashkil etish, talabalar va magistrlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, fin pedagogik taʼlim tizimini institutda joriy etish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.
Turku universiteti prorektori Kalle Antti Suominen ushbu hamkorlikni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini, ikki oliy taʼlim muassasalari bir-biriga chambarchas bogʻlangan holda ilmiy salohiyatni koʻtarish va boshqa muhim masalalar yuzasidan fikrlari xayrixoh ekanini taʼkidladi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz