“Masofaviy ta’lim” mavzusida davra suhbati o`tkazildi

28-Jan-2022 3385

    SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika  instituti  Maktabgacha ta’lim fakultetida talabalarga ZOOM va HEMIS platformalaridan unumli foydalanish hamda talabalarni darsdan bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish yuzasidan “Masofaviy ta’lim” mavzusida davra suhbati o`tkazildi
    SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika  instituti  Maktabgacha ta’lim fakulteti tyutori Sh.B.Mardonov talabalarga mamlakatimizdagi pandemiya sharoyitidan kelib chiqqan holda dars jarayonlari yana bir oy muddatda onlayn shaklda borishini yana bir bora ta’kidladi. Bu talabalarning yelkasiga katta mas’uliyat yuklashini aytdi. Chunki, ko`proq o`zi ustida ishlash ko`nikmasini yanada shakllantirish kerak va topshiriqlaga bee’tibor bo`lmasliklarini tushuntirdi. Ayniqsa onlayn darslardagi Zoom va Hemis dasturidan unumli foydalanish kerakligini hamda dars mashg`ulotlari olib borilayotganida talabalarga ustoz-shogird an’analariga qat’iy amal qilib, madaniyat bilan novbatma novbat savol berilishi kerak, aks holda o`zi va atrofdagi tinglovchilar e’tiborini chalg`itadi. Professor-o`qituvchilarni darslarini mazmun-mohiyatiga e’tiborli bo`lishni, berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib, fan o`qituvchilariga topshirishlarini aytib o`tdi. 
Bundan tashqari Fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari Z.K.Niyozov bilan kelishilgan holda talabalarni darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma’naviy-marifiy tadbirlarga bag`ishlangan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirib o`tdi. Unda asosiy g`oya sifatida ilgari surilgan Muhtaram Prezidentimizning Beshta muhim tashabbus doirasidagi amalga oshirilayotgan ishlarga ko`proq urg`u berilganini ta’kidladi. Aynan ushbu tashabbus doirasida har hafta fakultetimiz professor-o`qituvchilari va tyutorlari tomonidan onlayn olimpiadalar o`tkazib borilmoqda. Talabalar tomonidan kunlik bajaradigan ishlar tarkibiga, albatta, Besh muhim tashabbus doirasida biror ish bilan ham mashg`ul bo`lishlari lozimligini kun tartibi sifatida belgilab olishlarini eslatib o`tishdi. Bu o`rinda talabalar kunlik qiladigan mashg`ulotlari yuzasidan turli xildagi badiiy asarlar mutoalasi, rasm, videorolik, turli xil slaydlar tayyorlab yuborishlari mumkin. 
Davra suhbati qizg`in savol-javoblarga boy tarzda olib borildi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 
 

1