Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi Prezident sovrinini qoʻlga kiritdi

26-Oct-2023 3852

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi Ozodbek Halimboyev Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida o'tkazilgan sportning yunon-rum kurash turi bo'yicha Prezident sovrini uchun o'tkazilgan Yangi O'zbekiston xalqaro turnirida 60kg vazn doirasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

Talabamizning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!

 

Axborot xizmati

1